Keyin 2017 yilda 53 ta gol urdi. U Messiga yetib olishi mumkin

24 dek 2017, 03:39
“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn APL 19-turida “Bernli”ga (3:0) qarshi bellashuvda xet-trik qayd etdi.

Bu bilan londoliklar hujumchisi 2017 yilda APLda 36ta, yil davomida jami gollari sonini 53 taga etkazdi.

24 yoshli hujumchi yil davomida kiritgan gollari bilan Krishtianu Ronaldu, Edinson Kavani va Robert Levandovskiga yetib oldi. Barcha futbolchilar hisobida 2017 yilda 53 tadan gol mavjud. Faqatgina Lionel Messi ushbu yilda 54 ta gol urishning uddasidan chiqqan. Ammo Keynda “Barselona” hujmchisiga yetib olish imkoniyati mavjud. Sababi “shporlar” 26 dekabr kuni “Sautgempton” bilan kuch sinashishadi. Ushbu ruyxatdagi futbolchilar 2017 yil hisobidan boshqa rasmiy o'yinlarda maydonga tushishmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mister Chip