Ketma-ket ikkinchi bor amaldagi Jahon chempioni guruhdan chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2014, 10:16
Kecha Chiliga mag'lub bo'lgan (0:2) Ispaniya terma jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Shunday qilib, Ispaniya ketma-ket ikkinchi bor mundialda g'olib chiqa olishmaydi. Eslatib o'tamiz, oldinroq bunday natijaga Braziliya (1958 va 1962) hamda Italiya (1934 va 1938) erishgan.

Bundan tashqari amaldagi chempionning guruh bosqichida qolib ketish holati uchinchi bor kuzatilmoqda. 1998 yil chempion bo'lgan Fransiya 2002 yil guruhdan chiqa olmagandi, Italiya 2006 yil jahonda tengsiz bo'lgan va 2010 yilda guruhda qolib ketgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru