Kelasi mavsum Superliga va Proliga klublari Adidas to'plaridan foydalanishadi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2024, 14:52
2025-yilgi mavsumda foydalanish uchun Liga tomonidan Adidas Tiro Pro to'plari xarid qilinadi.

Superliga va Proliga klublari yangi mavsumdan e'tiboran rasmiy uchrashuvlarni shu to'plarda o'tkazadi.


Bunga qadar ikki mavsum davomida Molten to'plaridan foydalanib kelingandi. Xalqaro maydonda to'p surayotgan klublar ham aynan Molten to'plaridan foydalanishidan kelib chiqib, shunday qarorga kelingandi. 


Adidas Tiro Pro to'plari futbolchilarda qanday taassurot qoldirishini aniqlashtirish masalasida Liga Osiyo maydonlarida mamlakat sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va "Nasaf", shuningdek, kelasi mavsum Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadigan "Andijo"n klublarini tanlab oldi. Mazkur klublar futbolchilari mashg'ulotlar davomida Adidas Tiro Pro bilan ishlab ko'rdi hamda Ligaga o'zining ijobiy xulosasini taqdim etdi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz