Keylor Navas: "Mavsumda ko'proq o'ynashni istagandim"

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2015, 22:14
"Real" darvozaboni Keylor Navas jamoada ikkinchi raqamli darvozabon bo'lishdan noroziligini tan oldi.
"Agar o'ynamasam, nimalarga qodir ekanligimni namoyish eta olmayman. Matbuot orqali noroziligimni bildirmadim degani - barchasi yaxshi ekanligini anglatmaydi. Men mavsumda ko'proq o'yinda maydonga tushishni istagandim. Hech qachon ikkinchi raqamli darvozabon bo'lishni o'ylamaganman.

Umid qilamanki, vaqt o'tib vaziyat o'zgaradi va men asosiy posbonga aylanaman. Qiyin bo'ladi, lekin men chekinmayman. Umid qilamanki, qachondir o'zimni ko'rsatish uchun imkoniyat paydo bo'ladi", - deydi ushbu mavsumda bor yo'g'i 11 o'yinda maydonga tushgan posbon.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru