

"Atalanta" - "Manchester Siti" uchrashuvining 81-daqiqasida bosh hakam mehmonlar posboni Klaudio Bravoni maydondan chetlatdi. E'tiborlisi Bravoning o'zi ikkinchi taym boshida Edersonning o'rniga maydonga tushgandi. Shu bois "Siti" zaxirasida boshqa darvozabon qolmagandi. Xosep Gvardiola zaxiradagi o'ng qanot himoyachii Kayl Uokerni darvozabon sifatida maydonga tushirishga qaror qildi va qolgan daqiqalarda himoyachi "Siti" darvozasini qo'riqladi. Qizig'i Uoker gol o'tkazmadi.



TAS-IX emas



