Kecha Mourinyo yubiley o'yinini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
4 noya 2018, 12:29
"Manchester Yunayted" kecha APLning 11-turi doirasida safarda "Bornmut"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu bahs mankunianliklar ustozi Joze Mourinyo uchun murabbiylik faoliyatidagi 900-o'yini bo'ldi.

Portugaliyalikning jamoalar ushbu bahslarda 586 marta g'alabaga erishib, 183 marta durang o'ynagan. Qolgan 131 bahsda mag'lubiyat qayd etgan.

"900-o'yin? To'g'risi bilmagandim. 1000-o'yinimni ham sizlar bilan nishonlayman", - dedi Mourinyo matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports