Kecha Azar hamda Korrea, bugun esa Belerin va Kasilyas

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020
Xabaringiz bor, Yevropaning kuchli chempionatlari koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan.

Shu bois, futbolchilarning ko'pchiligi uy karantinida qolgan.

So'nggi 2 kun ichida sochini butunlay olib tashlagan futbolchilar soni oshmoqda.  “Atletiko” a'zosi Anxel Korrea og'ir xastalikka chalingan onasi uchun sochlarini butunlay oldirib tashlagani ma'lum bo'ldi.

Biroq, “Arsenal” qanot himoyachisi Ektor Belerin, “Real” vingeri Eden Azar hamda ispaniyalik taniqli posbon Iker Kasilyas ham sochlaridan ayrilishga qaror qilishgan. Bu futbolchilar boshlagan yangi chellenj bo'lishi ham mumkin. Yoki bo'lmasa ular sartaroshlarsiz juda qiynalishmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar