Kazemironing MYUda qaysi raqamda o'ynashi ma'lum

Alisher
26 avg 2022, 15:40
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemironing jamoadagi o'yin raqami ma'lum bo'ldi.

30 yoshli braziliyalik 18-raqam ostida harakat qiladi. Unda o'tgan mavsum Brunu Fernandesh harakat qilgan, portugaliyalik Pol Pogba ketganidan so'ng oltinchi raqamni olgan edi.

Kazemiro "Real"da 14-raqam ostida harakat qilgan.

Eslatib o'tamiz, Kazemiro MYUga "Real"dan 70,65 mln evro evaziga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com