Kazemiro "Arsenal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
19 yanv 2023, 07:28
MYU futbolchisi Kazemiro sariq kartochkalari to'planib qolganligi sababli "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

Braziliyalik futbolchi APLning qoldirilgan 7-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda sariq kartochka oldi. Bu futbolchi uchun ushbu mavsumdagi beshinchi sariq kartochka bo'ldi. 

Shu tariqa u APL 21-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi kechadigan o'yinni o'tkazib yuboradi. 

Uchrashuv 22 yanvar kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: OPTA