Kavani "PSJ"da 9-raqamda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 20:53
"Napoli"ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani bir necha daqiqadan so'ng "Pari Sen-Jermen" bilan rasman shartnoma tuzadi.
Futbolchi klub ofisiga kelib 9-raqamli futbolkani olishga ulgurdi. Kavanining rasmiy tanishtiruv marosimi yaqin daqiqalar ichida boshlanadi. Kecha Kavani Parijga kelib tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Oldinroq urugvaylik futbolchi Parij klubida yiliga 10 million evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqandi. Biroq hozircha rasmiy ma'lumotlar berilmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com