Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin

Alisher
3 iyun 2022, 11:47
Tajribali urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 35 yoshli urugvaylik futbolchi "Atletiko", "Vilyarreal", "Real Sosedad" va "Sevilya"ning qiziqishlari doirasida bor.

Bunga qadar forvardning faoliyatini Janubiy Amerikada davom ettirishi mumkin mumkinligi borasida ma'lumotlar yangragan edi.

Eslatib o'tamiz, Kavani o'tgan mavsum MYU libosida APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur