Kasorla va Uilshir martda safga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2016, 12:12
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jarohat olgan jamoa yarim himoyachilari Santi Kasorla va Jek Uilshirlarning holati haqida ma'lumot berdi.

"Kasorla mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmayapti. U mart oxirida safga qaytishi mumkin. Jek yugurishni boshladi. Bundan so'ng u raqobatbardosh bo'lishi va kuch yig'igi kerak. Yaxshi jismoniy formaga kelish uchun 6 hafta kerak" - deydi Venger.

Ispaniyalik 29 noyabr kuni "Norvich"ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:1) shikastlangan. Ingliz esa joriy mavsumda umuman maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal