Kasilyas va narxi tushgan 10 futbolchi

Tolibjon Qosimov
26 fev 2014, 18:17
Zaxira o'rindig'ining eng mashhur vakili Iker Kasilyas Chempionlar ligasida 2 yarim oylik tanaffusdan so'ng birinchi marta maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
Tribuna.com bir yil avvalgiga qaraganda narxi ancha arzonlashgan futbolchilarning 11 taligini tuzib chiqdi



Nemanya Vidich ("Manchester Yunayted") ortda qolgan yilga solishtirganda 15,5 million evroga arzonlashgan (narxlar Transfermarkt.de asosida keltiriladi). Himoyachi yozda erkin agent sifatida "Inter"ga ko'chib o'tadi.


Fernando Torres ("Chelsi") bir yil oldin 35 million evro turardi, hozir - 19. Bir yilda 16 millionga arzonlashgan.


Maykl Essen ("Milan")da yanada ko'proq yo'qotish - 16,5 million. Dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri hozirda 7,5 millionga baholanmoqda.


"Real" yarim himoyachisi Xabi Alonso 32 yoshda, bu esa uning narxiga ta’sir o'tkazmay qolmayapti. Hozirda uning transfer qiymati 12 million deb keltirilgan. Bu 2013 yilga nisbatan 18 millionga kam degani.


David Vilya ("Atletiko") ham 18 millionga arzonlashgan. Uning bugungi kundagi narxi 10 million.


Samuel Eto′O ("Chelsi") ortda qolgan yil davomida goh 32, goh 35 million deb berildi. Hozir esa u 19 millionga arzon.


Xavi ("Barselona") har doimgidek to'p uzatishlarda juda kam xato qiladi, lekin yosh o'z ta’sirini ko'rsatmoqda. Yarim himoyachining narxi 30 dan 10 millionga tushib ketgan.


Ueyn Runi ("Manchester Yunayted") ham Transfermarkt.de da 20 million yo'qotgan. Klubning o'ta muvaffaqiyatsiz mavsumi futbolchining narxi 65dan 45 millionga tushib ketishini taminladi.


Mario Gomes ("Fiorentina") 2013 yilni "Bavariya"ning top-hujumchisi sifatida boshladi. Manjukich bilan raqobatda mag'lub bo'lgach, Italiya klubiga sotib yuborildi. Bunday faoliyat yo'li hujumchining narxini 42dan 22 milliongacha tushirib yubordi. Og'ir jarohat vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi.


Nani ("Manchester Yunayted") Aleks Fergyuson davridayoq o'z o'rnini yo'qota boshlagan edi. Devid Moyesning kelishi bilan voqealar rivojiga jarohat ham halaqit berdi. Natijada portugaliyalik allaqachon asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib bo'lgan. Bir yil avval Nani 36,5 millionga baholangan, hozir esa 16 million.


Iker Kasilyas ("Real") birdaniga Joze Mourinyoning zaxira o'rindig'iga ko'chdi. Hozirgacha darvozabon faqatgina Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogida maydonga tushmoqda. Uning transfer qiymati esa 23 million evroga tushib ketdi. 35dan 12 millionga.


sports.ru materiali asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia