Kasilyas: "Keylor Navas yaxshi o'ynayapti, unga omad tilayman"
Aslanov Jasurbek
6 okt 2015, 18:14
"Real" sobiq posboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas "Qirollik klubi" darvozaboni Keylor Navas nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Keylor Navas juda yaxshi formada va mavsumni juda omadli o'tkazyapti. Keylordagi vaziyat oson emas, ammo o'zining tajribasi tufayli u o'z vazifasini yaxshi uddalayapti. Unga omad tilayman" - deydi Kasilyas.