Kasilyas YCHL o'yinlarida g'alaba qozonish bo'yicha Xaviga yetib oldi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2015, 20:50
"Portu" kecha "Makkabi"ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi va ushbu o'yinda portugaliyaliklar darvozasini Iker Kasilyas qo'riqladi.

Shu tariqa ispaniyalik posbonning YCHLda g'alaba qozongan o'yinlari 91 taga etdi va u ushbu ko'rsatkich bo'yicha "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xaviga yetib oldi.

Ta'kidlab o'tish lozimki, ushbu ro'yxatda keyingi o'rinlarni Raul (79), Giggz (74) va Ronaldular (73) egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Infostrada