Kasilyas agar keyingi mavsumda ham asosiy posbon bo'lmasa PSJga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2014, 11:36
Real darvozaboni Iker Kasilyas yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.
33 yoshli Ispaniya terma jamoasi a'zosi, bir qator klublardan taklif oldi. Ular orasida PSJ klubi ham bor, deb xabar bermoqda AS nashri.

Kasilyas agar yangi mavsumda ham Realda Diego Lopes asosiy posbon bo'lsa PSJga o'tib ketadi.

Eslatib o'tamiz, Kasilyasning galaktikos bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilda tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru