
Daniel Karvaxal Chempionlar ligasi doirasidagi "Shalke"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi. Shunga qaramasdan, o'tgan haftada chempionat doirasidagi "Elche"ga qarshi bellashuvda maydonga tushgandi. Keyinchalik esa Karvaxal yakka-tartibda mashg'ulotlarni o'tkazdi. Hozirda futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor holatda. Himoyachi jamoa bilan umumiy guruhda shug'ullanmoqda.
Shuningdek, Sami Xedira, Xames Rodrigez va Serxio Ramos individual tarzda shug'ullanishmoqda.