Karvaxal: "Ortga qadam tashladik"

Mirjalol Normatov
25 apr 2021, 10:55
LaLiganing 32-turi doirasida "Betis" bilan qayd etilgan durangdan keyin "Real" himoyachisi Dani Karvaxal o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz g'alaba qozonadigan darajada yaxshi o'ynay olmadik, shuningdek, ortga qadam tashladik. Futbolchilar raqib darvozasi yaqinida kutilgan o'yinni namoyish qila olishmadi, deb o'ylayman. Endi durang bizni yetakchilikdan ayirdi.

Taqvim juda og'ir, yo'qotishlar juda ko'p. Murabbiy bir necha futbolchilarni rejasiga kirita olmayapti. O'ynayotganlar esa dam ololmayapti.

Mavsum yakuniga qadar 15 ochko to'plash mumkin, shuning harakatidamiz. Biroq bugun biz yetakchiga bosim berish imkoniyatini yo'qqa chiqardik", - dedi Karvaxal.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal