Karvaxal Neymarning "Real"ga o'tishi haqida savolga javob berdi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2017, 12:40
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal PSJ hujumchisi Neymar "Qirollik klubi"ga o'tishi mumkinligi haqida savolga javob berdi.

"Neymar men bilan bir jamoada! Avvallari u bilan boshqa-boshqa jamoa safida to'p uchun kurashar edik. Fevralgacha vaqt bor va o'zimizning vazifalarimizga e'tibor qaratishimiz kerak. Neymar "Real" o'yiniga ko'nika oladimi? Bilmadim, bu savol men uchun emas" - deydi Karvaxal.

"Real" va PSJ Chempionlar ligasi 1/8 final doirasida to'qnash keladi. Birinchi o'yin 14 fevral, javob bahsi esa 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital