

"Yunayted"da nima bo'layotgani meni xavotirga solmoqdami? Ha, men ten Hag bilan hamma narsa boshqacha ketayotganini his qilyapman. Ularning oldingi barcha murabbiylari atrofida juda ko'p salbiy fikrlar mavjud edi. Joze rahbariyat bilan tinmay janjallashardi, van Gal o'zining o'yin uslubi uchun muxlislar tanqidiga uchrardi va Ole "Yunayted"ga sovrin keltira olishiga hech kim ishonmasdi.
Ammo hozir ularda o'zi nima qilayotganini biladigan murabbiy borga o'xshayapti. Qolaversa, "Yunayted" biz uzoq vaqtdan beri ko'rmagan ruhga ega. Ular qaytayotganga o'xshaydi... Hozir klub ser Aleksdan keyin hech bir murabbiy ko'rsatmagan o'yinni namoyish etmoqda. Xullas, ha, bu meni juda bezovta qilyapti!".



