“Real Sosedad” klubining meksikalik hujumchisi Karlos Vela “Sautgempton”ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi insidespanishfootball.com.
Inglizlar futbolchini qishki transferlar oynasi mobaynida o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. Biroq kelishuvga Primeroni tark etishni xohlamayotgan o'yinchining o'zi to'sqinlik qilishi mumkin.