Karlos Sanches JCH tarixida qoldi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2018, 17:51
Kolumbiya termasi yarim himoyachisi Karlos Sanchesning chetlatilishi mundial tarixiga kirdi.

32 yoshli futbolchi mundial tarixida eng tez chetlatilgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. U qizil kartochka olgan pallada 2-daqiqaning 56-soniyasi o'tib borayotgandi.

JCH tarixidagi eng tez chetlatish esa 1986 yilda kuzatilgan. O'shanda urugvaylik futbolchi Xose Alberto Batista Shotlandiyaga qarshi bahsda 54-soniyadayoq qizil olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA