Karlo Anchelotti “Real”da modernizaciyalash ishlarini davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 15:07
Mourinyo klubdan ketganidan so'ng, klubga italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti keldi.
Endi Anchelotti Florentino Peres bilan klubni modernizaciyalash bo'yicha bosh qotirishi kerak bo'ladi. “Qirollik klubi”da amalga oshirilayotgan transferlar shuni ko'rsatayaptiki, klub borgan sari yosharib borayapti va yosh futbolchilar jalb etib ularni klubda tarbiyalash, “Real”ning oldiga qo'ygan birinchi vazifalarindan ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Klub byudjeti
Keling 150 mln evro bo'lsin, plyus-minus yana 50 mln evro. “Sosedad”lik Aser Ilyarramendi uchun klub katta mablag' sarflashiga qaraganda, Peres shu yoz mavsumida kuchli futbolchilarni jamoa safiga qo'shib olishi uchun mablag' sarflashga hech qanaqa chegara bilmayotganligi sezilib turibdi.

Klubni kimlar tark etdi va nima uchun
Rikardu Karvalyu.
35 yoshli futbolchi 2 mavsum davomida unga o'yin uchun kam vaqt ajratilganligi sababli juda kam maydonga tushdi va asosiy vaqtini OAVga klubning kelajakdagi transferlari haqidagi ma'lumotlar berishdan chetga chiqmadi. Faoliyatining 4/3 qismini klubdan ketgan murabbiy bilan o'tkazgan Karvalyu uchun klubdan ketishdan boshqa chora yo'q edi. Himoyachi “Monako”ga o'tib ketdi va u yerda endi yoshi yancha kattaligiga qaramay o'zini ko'rsatishiga to'g'ri keladi.

Pedro Leon. Ushbu  transfer Florentino Peres amalga oshirgan eng omadsiz transferlardan biri edi. Pedro klubni “ispanlashtirish” davrida 10 mln evroga sotib olingan edi. Lekin bu futbolchining Mourinyoga hech ham foydasi tegmadi shu bilan birgalikda uning klubga kelib qo'shilgani katta tushinmovchilik bo'lib qoldi. Birmuncha klub tarkibida to'p surgan Pedroni klub keyinchalik futbolchiga mos klubga yani “Xetafe”ga ijaraga berib yubordi. Hozircha “Real” futbolchi uchun sarflangan 10 mln evrodan 6 mln evrosini olib bo'lgan.

Xose Kalexon. Madrid klubi tarbiyalanuvchisi “Santyago Bernabeu”da futbolni Krishtianu Ronaldu va Anxel Di Mariyaning ortidan turib kuzatishini juda yaxshi tushinib turardi. Lekin klubga universal yarim himoyachi Isko kelganidan so'ng, fevral oyida 27 yoshni qarshi oladigan Xosening asosiy tarkibga tushishga bo'lgan umidi so'nib bo'ldi. Endi Kalexon “Napoli” sharafini himoya qilishdan boshqa chora topolmay qoldi, Madrid klubi esa futbolchi uchun taxminan 10 mln evro oldi.

Raul Albiol. Bu futbolchi madrid klubining “Napoli”dagi yana bir vakili hisoblanadi. Italiyaliklar madrid klubiga bu futbolchi uchun 12 mln evro berishdi, “Real”ning esa bunday taklifdan boshi osmonga etdi. Madrid klubi Albiolni Mourinyo davrida 15 mln evroga sotib olgandi. Lekin futbolchi mavsumdan mavsumga yomon o'yin namoyish eta bordi. Shuning uchun klub bu futbolchining xizmatlariga ortiq muhtojlik sezmadi.

Yana kimlar klubni tark etishi mumkin.
Gonsalo Iguain.
  Iguain madrid klubining mavsum davomidagi katta muammosiga aylandi. 7 mavsum davomida yaxshi o'yin ko'rsata olmay kelayapti degan - OAVdan tanqidiy xabarlar eshitaverib, futbolchi klubdagi foaliyati tez orada yakunlanishini anglab etdi. Anchelotti uni klubda olib qolishga harakat qilayapti, klub rahbariyati esa Gonsaloni 40 mln evrodan kamga sotmasligini aytib o'tgan. Yaqinda chiqqan xabarlarga qaraganda Iguain “Napoli” bilan deyarli kelishib bo'lgan ekan. Bundan tashqari futbolchiga “Chelsi” va “Arsenal” klublari ham qiziqish bildirishayotgan edi.

Antonio Adan. Futbolchidan yaqindagina olingan intervyuda, “Diego Lopesni Sizdan ko'ra ustun qo'ygan klub bosh murabbiyi Mourinyodan xafa emasmisiz deb so'ralgan”. Lekin haqiqatni aytganda faqatgina Mourinyo yordami bilangina bu futbolchi dunyoga tanilishga ulgurdi. Bunday super jamoa tarkibida 8 o'yinda asosiy tarkibga tushish, - bu katta sovg'a hisoblanadi. Lekin endi futbolchiga o'z sohasi bo'yicha boshqa joydan ish qidirishiga to'g'ri keladi shekilli.

Fabiu Koentrau. Portugaliyalik bu futbolchi tajriba borasida Marselodan ancha ortda turardi, uning vatanadoshi bosh murabbiylikdan ketganidan so'ng esa Fabiuning ahvoli yanada og'irlashib qoldi. Koentrau Madridda birinchi qatorda bo'lishni istaydi, lekin uning futboldagi darajasi unga bunday pog'onaga chiqishiga to'sqinlik qilib turadi. Bundan keyin klub futbolchini ushlab turishga hech ham urinmasa kerak, endi futbolchiga yangi klubdan tushadigan taklifni kutish qoldi xolos.

Denis Cherishev. Hozircha rossiyalik futbolchining klubdagi ishlari yaxshi ketayapti. Futbolchi asosiy tarkibda mashg'ulotlar olib borayapti va klub unga Marseloga o'rindosh sifatida qaramoqda. Lekin shunga qaramay madridliklar Denisni hali asosiy tarkib o'yinchisiga aylantirish niyatida emaslar. Futbolchiga hozirda o'z vatani klublaridan katta takliflar tushayapti va uning “Real”dan ketish ehtimoli yo'q emas.

Klubdagi bo'sh o'rinlar (vakanciyalar)
Markaziy hujumchi
. Iguainning ketganidan so'ng bu o'rinda (Moratani hisobga olmaganda) faqatgina Karim Benzema qoldi xolos. Yuqori darajadagi professional futbolchi bo'lishlariga qaramay na fransiyalik Benzeme va na angentinalik Iguain bu o'rinni to'ldira olishmadi. Hozirda bu o'ringa “Real Madrid” katta muhtojlik sezayapti.

Markaziy himoyachi. Serxio Ramos va Varan klubning eng salohiyatli himoyachilaridan sanaladi. Pepe haligacha umidli himoyachilar qatoriga kiritilsa ham, o'tgan mavsumda unda bazi muammolar paydo bo'la boshladi. Hozirda klubda Nacho Ferdinandni qo'shib hisoblagandi 3.5 himoyachi bilan harakat qilyapti. Agarda “Real” shu uch nafar himoyachiga tayanib harakat qiladigan bo'lsa, klubda muammolar paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli himoya o'rnini kuchli futbolchilar bilan to'ldirish kerak bo'ladi.

Chap qanot himoyachisi. Agar klubdan Koentaru ketadigan va Cherishev klub ishonchini oqlay olmasa, murabbiylar shtabi bu o'ringa yangi futbolchi olishiga to'g'ri keladi.

Klubga kimlar keldi va nima uchun
Kazemiro.
21-yoshli barziliyalikning xarid qilishnishi, klubning tayanch zonasini kuchaytirishdagi birinchi qadami bo'ldi. “Betis” bilan bo'lgan o'yinda futbolchi ko'plab maqtovlarga sazovor bo'ldi.

Daniel Karvaxal. Nemis klubiga o'tgach, birinchi mavsumdayoq o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishni boshladi va har bir imkoniyatdan unumli foydalandi. “Liverkuzen” uni 5 mln evroga sotib olgan bo'lsada, “Madrid” klubi futbolchini 6.5 mln evroga qayta qo'lga kiritdi. Arbeloaga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlar va tanbehlar, Karvaxalga asosiy tarkibga o'rnashib olishiga katta imkoniyat yaratadi.

Isko. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak, bu yosh va o'ta tajribali ispan futbolchisi uchun o'z faoliyatini davom ettirishning uchta yo'li bor edi: “Barselona”, “Real Madrid”, “Bavariya” yoki angliya preier-ligasi. Isko Pallegrini boshchiligidagi “Manchester Siti” taklifini rad etishga jiddi qaror qildi va klubda asosiy tarkibdan joy olish uchun Ozil, Kaka va Di Mariya bilan raqobatlashishdan qo'rqmagan holda “Qirollik klubi”ni tanlashni afzal ko'rdi. Uning maydondagi sevimli joyi - hujumdagi markaziy yarim himoyachi hisoblansada, u qanotlarda ham a'lo darajada harakatlana oladi.

Aser Ilyaramendi. 39 mln evroga xarid qilinishiga qaramay, bu transfer klub amalga oshirgan eng aqilli transferlardan bo'ldi. Gap shundagi “Real Sosedad” savdolashishni istamadi va Peres har tomonlama kuchli futbolchini qo'ldan chiqargisi kelmadi. Ilyaramendi maydondaXabi Alonso bilan birgalikda qanday yaxshi harakatlansa, yakka holda ham shunday harakatlana oladi. U Isko yoki Tiago singari juda kuchli futbolchi bo'lmasligi mumkin, lekin asta sekin bu darajaga ko'tarilishiga hech kim shubha qilmayapti. Chunki futbolchiga iroda va kuchli salohiyat bor.

Yana kimlar klubga kelishi mumkin.
Luis Suares.
Urugvaylik futbolchini britaniya OAV holi-joniga qo'yishmayapti. Shu bilan birgalikda futbolchining “Liverpul”dagi faoliyati mavhumligicha qolmoqda. Klubda Suraes hech qaerga kyetmaydi degan gaplar yuripti, lekin “Arsenal” va “Chelsi” klublari futbolchini sotib olish uchun aniq bir maqsad va taklif bilan chiqishgan. Madridning “Real” klubi ham “Liverpul”ga yuqoridagi keltirilgan klublardan kam narx taklif etayotgani yo'q.

Robert Levandovski. Bu yerda hamma narsa futbolchining xohishiga bog'liq bo'lib turibdi. Robert “Bavariya”da o'ynashni maqul ko'rayapti, lekin bu narsa “Borussiya” rahbariyatining hech bir manfaatiga to'g'ri kelmaydi. Hozirrahbariyat Levandovskiyni kelasi mavsumda Myunxenliklarga bepul berib yuborishdan ko'ra,katta narxga sotib yuborishi mumkin albatta, lekin qaysi klubga o'tishni futbolchining o'zi hal qiladi.

Zlatan Ibragimovich.  Ibragimovich Parijda yangi markaziy hujumchi – Edison Kavani paydo bo'lganidan norozi. Futbolchi urugvaylik Mino Rayolaning transferidan so'ng madridliklar bilan muzokara olib borishni boshlab yubordi. Anchelotti va Peres Zlatanni sotib olishga shoshilishmayapti, lekin bu futbolchini top-klublar o'z saflari qo'shib olishdan bosh tormasliklari aniq.

Garet Beyl. Beyl jamoaga kerak emas, lekin klubga kerak bo'lgan futbolchi. Bu futbolchi “Real”ning yanada kuchayishidagi katta imkoniyat sanaladi. Nazariy jihatdan olib qaraydigan bo'lsak Beyl, “Real”da lateral vazifasini bajarishda juda qo'l kelishi mumkin. O'tgan mavsumda Beyl maydoning barcha joyida birdek o'ynay olishini namoyish eta oldi.
 
sports.ru saytidan Miraziz Murodov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia