Karius "Liverpul" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
30 may 2019, 15:40
Ayni damda ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan "Liverpul" posboni Loris Karius "qizillar"hamda "Tottenxem" o'rtasida bo'ladigan Chempionlar ligasi finaliga bormaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar ijaradagi barcha futbolchilarni finalga taklif qildi. Nemis posboni taklifni qabul qilmadi va u tufayli o'yinga bo'lgan e'tibor susayishi mumkin deb hisobladi. Klubdagilar Karius fikrini qo'llab-quvvatlashdi. Loris finalga borish o'rniga tatilga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Karius o'tgan yilgi finalda "Liverpul" darvozasini qo'riqlab, 3ta to'p o'tkazib yuborgan edi. O'shanda posbonning ikkita qo'pol xatosi tufayli "Real" 2ta gol urib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail