Karim Benzema YCHLda Messining natijasini takrorladi

28 okt 2020, 08:54
“Real” YCHL 2-turida “Borussiya M” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvda “Real”ning 1-javob goliga Karim Benzema mualliflik qildi. Karim YCHLning ketma-ket 16 ta mavsumida gol urishga erishgan musobaqa tarixidagi ikkinchi futbolchi bo'ldi. Avvalroq ushbu natijani Leo Messi qayd etgandi.

MYUning sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz ham YCHL doirasida 16 ta mavsumda gol urgan, biroq u Messi va Benzema kabi bu ishni ketma-ket mavsumlarda emas, balki turli mavsumlarda qayd etgan. Yani orada gol ura olmagan mavsumlari ham bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote