Kapello: "Noyer ketishi kerak"

Mirjalol Normatov
24 okt 2024, 20:19
"Real", "Milan" kabi jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello darvozabon Manuel Noyerning futbolni tugatishi kerakligini aytdi.

"Bavariya"ning 38 yoshli posboni YCHLda "Barselona"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4:1 hisobida mag'lub bo'ldi. U o'yinda birorta seyv ko'rsata olmadi.

"Ayrim posbonlar ma'lum yoshga etganida faoliyatini yakunlashi uchun botir bo'lishi kerak. Noyerga hozir shunday botirlik kerak bo'lmoqda", - dedi Kapello.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Metro