Kante "Chelsi" yig'inini tark etdi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 13:41
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante jarohati sababli jamoaning Yaponiyadagi qarorgohini tark etdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, Angliyada u tizzasidan olgan jarohatini davolaydi. U Yevropa ligasi finalidan oldin jarohatlangandi.

"Chelsi" 23 iyul kuni "Barselona"ga qarshi sinov-nazorat o'yinida qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc