Kannavaro Polsha termasini boshqarishni istamadi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022, 22:48
Futbolchi taklifni rad etdi.

Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro o'ziga berilgan taklifni rad etdi. Polsha futbol uyushmasi mamlakat terma jamoasi boshqaruvi uchun Fabio Kannavaroning nomzodini ilgari surayotgandi. Murabbiy o'z qarorini Polsha futbol federatsiyasi prezidenti bilan telefon orqali suhbatda ma'lum qilgan.

Polsha terma jamoasini Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorlash uchun etarli muddatning yo'qligi murabbiy ushbu qarorga kelishiga sabab bo'lgan.

Kannavaro bunga qadar Osiyoda ishladi: "Al-Ahli", "Guanchjou Evergrande", "An-Nasr, "Tyanczin" jamoalari, shuningdek, Xitoy termasini boshqardi. 2018 yili "Evergrande" bilan mamlakat superkubogi, 2019 yili esa chempionlikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com