

42 yoshli murabbiy o'tgan yilning oktyabr oyidan buyon klubda ishlab kelayotgandi. Rahbariyat jamoa kecha o'z uyida "Najran"ga yutqazib qo'yganidan so'ng keskin qarorni qabul qildi. 16ta turdan so'ng Al Nassr chempionatda 6-o'rinda bormoqda.
Oldinroq Kannavaro Al-Ahli va Guanchjou Evergrand klublarida ishlagandi.
Eslatib o'tamiz, Al Nassr OCHL guruh bosqichida Toshkentning Bunyodkor klubi bilan o'ynaydi.



