Kamoliddin Murzoev: "Umid qilamanki bu Yevropa ligasi va "Irtish“dagi so'nggi golim emas"

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 10:28
Kecha Qozog'istonning "Irtish" klubi Yevropa ligasi 1-saralash bosqichida "Levski"ni 2:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdi.
O'yin tugagach uchrashuvda hisobni ochgan hamyurtimiz Kamoliddin Murzoev sports.kz saytiga intervyu berdi.

- Kamoliddin, g'alaba bilan tabriklaymiz! Aytinchi bu qanday bo'ldi?
- Tabrik uchun rahmat! Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik va ikkita gol urdik. Keyin esa qarshi hujumlarda o'ynay boshladik. Kuchli raqib ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandman.

- Tanaffusda bosh murabbiy Talgat Baysufinov nima dedi ?

- O'yinni susaytirmasligimizni aytdi, raqibga bo'sh hududlar qoldirmasligimizni tayinladi. Himoyada yaxshi o'ynab qarshi hujumlardan unumli foydalanishimizni ta'kidladi.

- Urgan golingizni kimga bag'ishladingiz?

- To'g'risi golimni o'z onamga va klubimizning barcha muxlislariga bag'ishladim. Umid qilamanki bu Yevropa ligasi va "Irtish“dagi so'nggi golim emas!

- "12-o'yinchi"ning yordami sezildimi?

- Ha, bugun muxlislarimiz stadionda qoyilaqom muhitni yuzaga keltirishdi. Barcha futbolchilar ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdi. Ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Endigi raqib Bosniya va Gertsegovinaning Shiroki Brieg klubi...

- Ha, menimcha raqib anoyilardan emas, ammo ungacha bizni chempionatda Tarazga qarshi o'yinimiz bor. Ayni paytda barcha ushbu o'yin haqida o'ylamoqda.

Narzulla Saydullaev tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia