
Bugun "Visente Kalderon" stadionida ajoyib to'qnashuv guvohiga aylanamiz. Diego Simeone madridliklar bilan uchinchi mavsumdirki juda yaxshi natijalarga erishib kelyapti. Jamoa YCHL saviyasida ham yetakchilar qatoriga ko'tarildi. Mourinyo esa “Chelsi”ni bir mavsumga qolmasdan yana Yevropa grandlari qatoriga qo'shib qo'ydi. Mustahkam himoya va keskin qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydigan jamoalar bellashuvida birinchi o'ringa murabbiylarning topqirligi va ijrochilarning shaxsiy mahorati chiqadi.O'ylashimcha, bugungi uchrashuvda "Atletiko"ning imkoniyati yuqoriroq. Taxminimcha, "Atletiko" 1:0 hisobida g'alaba qozonadi.