

"Monako" bugun "Renn"ga qarshi safarda bo'lib o'tadigan o'yin uchun ro'yxatni e'lon qildi. O'yinga kelgan futbolchilar qatorida Pogba nomi ham bor.
Bu uning 2 yildan beri birinchi marta maydonga tushishi bo'lishi mumkin. Fransiyalik yarim himoyachining so'nggi o'yini 2023 yil 2 sentyabrda bo'lib o'tgan.
Pogba doping testidan o'ta olmaganidan so'ng diskvalifikaciya qilingandi, bu dastlab 4 yillik diskvalifikaciyaga olib keldi. Biroq shu yilning oktyabr oyida sud diskvalifikaciyani 18 oygacha qisqartirdi.



