Kamavinga va Sebalosning "Real"dagi taqdiri ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2025
Dani Sebalos va Eduardo Kamavinga "Real"da qoladi.

"Cadena SER" ma'lumotiga ko'ra, Xabi Alonso klub rahbariyatiga yarim himoyachilardan hech kimni sotib yubormaslikni, bo'lmasa tarkibda futbolchilar muammosi bo'lishini aytgan.

"Real"dagilar Sebalosni sotib yuborishga harakat qilgan, biroq uning o'rniga mos futbolchi topa olmagan. Sebalosga "Betis" tomonidan qiziqishlar bo'lgan, lekin Alonso futbolchiga jamoada qolishini va kerakli ekanligini aytgan.

Kamavingaga APL tomonidan qiziqishlar bo'lgan, lekin fransiyalik futbolchi takliflarga rad javobini bergan.

Sebalos o'tgan mavsumda LaLiganing 23 o'yinida qatnashdi, Kamavinga esa 19 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Cadena SER