Kamara - "Barselona"ning yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadi

Alisher
15 mar 2021, 13:38
"Marsel" yarim himoyachisi Bubakar Kamara yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli fransiyalik futbolchining transferiga kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining Fransiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Kamara joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todo Fichajes