Kaka: "Real"dagi o'yinlarim orqali Braziliya termasiga qaytmoqchiman"

Tolibjon Qosimov
13 avg 2013, 12:30
"Real" yarim himoyachisi Kaka yangi mavsumda klub safida ko'proq maydonga tushish uchun bor kuchini ishlashtishini aytdi, deb xabar bermoqda ispan matbuoti.
Braziliyalik futbolchi o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi.


"Yangi mavsumda o'z oldimga qo'ygan maqsadlarimdan biri bu ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish. Agar buni amalga oshira olsam Braziliya terma jamoasiga ham qaytishim mumkin. Braziliyadagi JCHda ishtirok etishni juda xohlayapman", - deydi Kaka.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com