Kabay Parijni tark etmoqchi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014
"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Yoan Kabay klubini o'zgartirmoqchi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, yarim himoyachi Yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida Parijni tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kabay "Pari Sen-Jermen" o'tgan qishda ko'chib o'tgandi. Bungacha francuz "Nyukasl" sharafini himoya qilgandi. Biroq Fransiya chempionlari asosiy tarkibiga kira olmadi.
 
Ushbu mavsumda Kabay "Pari Sen-Jermen" safida jami 15ta o'yinda maydonga tushdi.

Kabayni sotib olishi mumkin bo'lgan klublar nomi hozircha aytilmayapti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru