Jud Bellingem "Real"dagi birinchi mavsumidayoq Rud van Nistelroy va Zidanga yetib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2024, 13:33
La Liga 32-turi doirasida "Real Madrid" o'z uyida "Barselona"ni qabul qildi (3:2).

Mezbonlarga g'alaba keltirgan golni angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem 90+1-daqiqada urishga muvaffaq bo'ldi. 

Shu tariqa, Jud 2007 yildan buyon "Barselona"ga qarshi La Liga doirasidagi dastlabki ikki o'yinda "qirollik klubi"ning gol urgan birinchi futbolchisiga aylandi.

Bungacha ana shunday natija bilan Niderlandiya termasi sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy maqtana olardi.

Shuningdek, Bellingem "El Klasiko"lardagi gollari bo'yicha fransiyalik sobiq xavbek Zinedin Zidan (3) bilan tenglashib oldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: OptaJose