Yozef Blatter: "JCH-2018 Rossiyada bo'ladi, muammo yo'q"

Tolibjon Qosimov
12 mar 2014, 12:39
FIFA prezidenti Yozef Blatter JCH 2014, 2018 va 2022 yillardagi mundiallar boshqa davlatlarda ko'chirilishi borasidagi xabarlarga izoh berdi.
Amerikalik senatorlar Blattyerdan Rossiyani FIFAdan chiqarib tashlash va JCH-2018 o'tkazish huquqini olib qo'yishini so'rashdi.

"Jahon chempionati bo'lib o'tadigan davlatlarni o'zgartirmaymiz. 2014 yilgi mundial Braziliyada bo'ladi, Rossiya  2018 yilgi JCHni qabul qiladi, muammo yo'q.

Qatardagi muammolar esa barchaga ma'lum", – deydi Blatter.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru