Joze Mourinyo MYUdagi 100 uchrashuvini o'tkazdi

27 yanv 2018, 08:26
Angliya kubogining 4-raundidagi “Yovil”ga qarshi o'tgan o'yin murabbiy uchun yubiley o'yin bo'ldi.

Uning qo'li ostida “Yunayted” 62 g'alaba, 23 durang va 15 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Joze jamoani 2016 yil mayida qabul qilib olgan edi. Shu kunga qadar u jamoa bilan Yevropa ligasi, Angliya liga kubogi va Angliya superkubogini yutib olishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta