Joze Mourinyo: Ibragimovich Oltin to'pni qo'lga kiritishi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 mar 2017, 10:25
Manchester Yunayted ustozi Joze Mourinyo Zlatan Ibragimovich haqida o'z fikrlarini bildirdi.

U qilayotgan ish g'aroyib: urgan gollari soni, Uemblidagi ikkita gol, sovrinlar, uning jamoadoshlari uchun yordam.

O'ylashimcha, Ibragimovich shunchaki fenomenal. Boshqa so'z topa olmadim.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida juda yaxshi bilaman, ammo ajoyib faoliyatga ega bo'lgan Zlatan nima uchun Oltin to'pni olmaganini tushunmayman.

Nima uchun bu mavsum shuni amalga oshirish mumkin emas? Agar Ibragimovich Yevropa ligasi finaliga qadar yetib borsa va sovrinlar yutsa, nima uchun 35 yoshli futbolchiga haqli sovrin berilmasligi kerak? – deydi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com