Joze Mourinyo: "Hakamlar "Chelsi" foydasiga qaror qabul qilishga qo'rqishadi"

4 okt 2015, 00:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Muorino "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berib o'tdi.


"Bilasizlar, jamoa mag'lubiyatga uchragan vaqtda mas'uliyatdan qochmayman. Bunday qiyin  va mas'uliyatli vaziyatda odam haqiqatni ayta olishi kerak.
Hakamlar bizning foydamizga qaror qabul qilishga qo'rqishadi. Hisob 1:1 bo'lib turgan paytda hakam bizga penalti berishga jazm etmadi. Bu yerda penalti aniq bor edi. Shu gaplarim uchun meni jazolashmoqchi bo'lsa, mayli. Lekin mendan boshqa murabbiylarni jazolashmaydi. Bizning muxlislarimiz va futbolchilarimiz bundan ortig'iga loyiqlar. Bizning foydamizga 100 foizli penaltilarni qo'yishmayapti. Yevropa chempionlar ligasida ham yutqazib turganimizda penalti berishmadi"
, - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru