Joze Mourinyo: "Bu mavsum eng yaxshi jamoa bo'lishimiz mumkin"

Tolibjon Qosimov
14 avg 2017, 20:04
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 1-turida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Premer-liga meni darhol natijaga jiddiy e'tibor qaratishga o'rgatdi. Lukaku va Matichda chempionatda o'ynash tajribasi bor. Lindelefga esa ko'nikib olishi uchun vaqt kerak. Nemanya - stabillik borasida eng yaxshi o'yinchi. Lukaku agressiv. Ular jamoani kuchaytirishadi. Bizda bu mavsum eng yaxshi jamoa bo'lish uchun barcha sharoitlar bor", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ВВС