Jorjino: "APL - dunyoning eng yaxshi ligasi"

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 12:44
"Chelsi" yangi futbolchisi Jorjino Frello APLga ko'nikish haqida fikr bildirdi.

- APL o'yinlarini kuzatasizmi?

- Ha, bugun har bir kishi APL uchrashuvlarini tomosha qiladi. Bu dunyoning eng yaxshi ligasi.

- Sizning o'yin uslubingiz bu ligaga mosmi? To'p bilan juda tez harakat qilasiz.

- Mos kelishiga umid qilaman. Uslubim Angliyadagiga o'xshamaydi, ammo bu ish berishi uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Maydondagi joyingizni tushuntirib bering.

- O'z jarima maydoncham tashqarisida o'ynashni xush ko'raman. To'pni olib, o'yin tashkillashtirishga harakat qilaman - deydi Jorjino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru