Joriy mavsumning eng yaxshi pas uzatuvchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
20 may 2023, 17:57
U La Ligada o'ynaydi.

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos – ushbu mavsum top-5 ligadagi barcha o'yinchilar orasida eng yaxshi to'p uzatuvchi. Bu haqda "Madrid Xtra" xabar bermoqda.

Germaniyalik futbolchi joriy mavsum 94,5% aniq uzatma berdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha 2-o'ringa uning jamoadoshi Orelen Chuameni joylashdi. Fransiyalikda 93,8 foiz aniq pasl mavjud. Kuchli uchlikni 93,6% aniq uzatma bilan "Napoli" xavbeki Stanislav Lobotka egallab turibdi.

Eng yaxshi pas beruvchilar Top-5 ligiga PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti (92,7%) va "Lans" xavbeki Salis Abdul Samid (92,5%) kirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Xtra