Jordi Alba: “Barselona” Ispaniya kubogida g'olib chiqishga loyiq”

Aslanov Jasurbek
26 may 2017, 01:40
“Barselona” himoyachisi Ispaniya kubogi finali (“Barselona” – “Alaves” uchrashuvi)dan oldin intervyu berdi.

“Barselona” kubokda g'olib chiqishga haqli. Bu qiyin raqiblarga qarshi maydonga chiqilgan og'ir turnir bo'ldi.  “Atletiko”, “Real Sosedad” singari jamoalar bizga etarlicha qarshilik tug'dirishdi. “Alaves” chempionatda yaxshi mavsumni o'tkazdi. “Nou Kamp”da ochko ishlab olish har kimga ham nasib etmaydi. Ammo “Alaves” bizga qarshi yaxshi o'yin o'tkazib, g'alaba erishgandi.

So'nggi uch yil murabbiyimiz Luis Enrike qo'l ostida biz ajoyib mavsumni o'tkazayapmiz”, deydi Alba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca