Jo'rabekov "So'g'diyona"dan ketdi

22 noya 2022, 21:48
Shahboz Jo'rabekov instagramdagi sahifasi orqali Jizzax klubiga tashakkur aytib, jamoani tark etganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda uning "Navbahor" bilan 2 yillik shartnoma imzolagani aytilmoqda. Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bu borada futbolchining o'zidan izoh so'radi. 

"Hozircha barchasi mish-mish. Hech qaysi klub bilan bitim imzolaganim yo'q", - deydi 25 yoshli himoyachi.

Ma'lumot uchun, Shahboz Jo'rabekov ortda qolgan mavsumda "So'g'diyona" sharafini 36 uchrashuvda himoya qildi. U o'z nomiga 4 gol, 5ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia