Jonatan Lukka: "Al Hilol" katta nom, ammo..."

Абдулвосит Бектемиров
11 mar 2025, 04:30
"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va yarim himoyachi Jonatan Lukka Elit Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Al Hilol"ga qarshi bahs oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bosh murabbiyimiz aytib o'tgandek, kurashlarga boy va murakkab o'yin bo'lishini taxmin qilmoqdamiz. Ertangi bahs ikki jamoaning ushbu musobaqadagi bo'lajak  taqdirini hal etadi. Biz maydonda borimizni beramiz. "Al Hilol"ni Toshkentda bo'lib o'tgan bahs kabi engga olamiz degan umiddaman" - dedi yarim himoyachi Jonatan Lukka ertangi bahs haqida.

- Jonatan, sizning fikringizcha "Al Hilol" ertaga Toshkentdagi kutilmagan mag'lubiyatga qanday reakciya bildiradi va qanday taktika tanlaydi deb o'ylaysiz?

- Avvalroq aytib o'tganimdek, bu ikki bahs bir-biridan tubdan farq qiladi. Raqibimiz ertaga dastlabki 15 daqiqada maksimal tarzda bosim qilishga intiladi. Biz raqibga "syurpriz" taqdim etishimiz mumkin. "Al Hilol" juda katta nom, ammo biz dastlabki uchrashuvda ijobiy natija qayd etdik va ertaga ushbu ishni yana takrorlay olamiz. Futbol o'n birga qarshi o'n bir o'ynaladi.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia