Yoaxim Lev: "Xedira Jahon chempionatiga tayyor bo'lishi kerak"

Tolibjon Qosimov
20 yanv 2014, 13:40
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev "Real" yarim himoyachisi Sami Xedira JCH-2014 startiga qadar tiklana olishiga ishonadi.
Germaniya terma jamoasi a'zosi noyabr oyida jarohat olib operaciya qilingandi.

– Barchasi joyida bo'lsa, Xedira mundialga tayyor bo'ladi, – deydi Lev Football Espana nashriga. – Uch kun oldin u bilan telefon orqali gaplashdim. O'zini yaxshi his qilayapti, yugurish mashqlarini boshlab yubordi. Tizzasida og'riq yo'qligini aytidi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru