Joau Feliks jarohat oldi

19 avg 2019, 09:18
“Atletiko Madrid” klubi yarim himoyachisi Joau Feliks La Liga 1-turidan o'rin olgan “Xetafe”ga qarshi bahsda jarohat oldi.

Futbolchi 66-daqiqada jarohat sabab o'z o'rnini Markos Lorentega bo'shatib berishga majbur bo'ldi. “Matraschilar” ustozi Diego Simeonega ko'ra, Feliks maydonni mushaklaridagi qattiq og'riq sabab tark etgan.

Klub tez orada uning ahvoli haqida rasmiy ma'lumot beradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS