Jo "Korintians" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2016, 12:08
SSKA sobiq hujumchisi Jo "Korintians" klubi bilan shartnoma imzoladi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi Xitoyning "Czyansu Sunin" klubini tark etdi va o'zi tarbiya topgan klub bilan 2019 yil dekabr oyiga qadar kelishuvga erishdi.

Jo faoliyati davomida SSKA, "Manchester Siti", "Everton", "Galatasaroy", "Internasional", "Atletiko Mineyro" va "Al Shabab" kabi klublarda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Corinthians